Anons
Baxtiyor Dadashevning "Muhabbat" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 158

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Baxtiyor Dadashevning “Muhabbat” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu ko‘rgazmada Sharq miniatyura san’ati va xattotlikning betakror uyg‘unligi orqali muhabbatning turli qirralarini his qilish mumkin. Tasavvuf ruhi, insoniy kamolot yo‘li, ilohiy ishq va ma’naviy izlanish — bularning barchasi nafis chizmalar va ma’no jo‘sh urgan tasvirlarda mujassam boʻladi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimi 4-aprel kuni soat 16:00 ga belgilangan.
Kirish bepul.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−256−2832.

4dan 11-aprel 2025gacha
16:00
Toshkent, Шарафа Рашидова sh. k., 40/2