XIX Venetsiya arxitektura biennalesidagi O‘zbekiston Milliy pavilonining ilk suratlari e’lon qilindi

10-may kuni Venetsiyada “A Matter of Radience” nomli O‘zbekiston pavilyoni ochiladi.
Biennalening asosiy mavzusi — “Intellekt: Tabiiy. Sunʼiy. Jamoaviy” doirasida pavilon, 1987-yilda Toshkent yaqinida qurilgan “Солнце” nomli yirik quyosh majmuasining zamonaviy ilmiy va madaniy ahamiyatini tahlil qilish orqali, mamlakatning modernizm merosini yoritadi.
Ko‘rgazmaning fanlararo xususiyati unga taklif qilingan oʻzbekistonlik va xalqaro ishtirokchilarning xilma-xil tajribaga ega ekanligida boʻlib, quyidagi insonlarni oʻz ichiga oladi: yozuvchi Suxbat Aflatuniy, “Ilhom” teatri jamoasi, Armin Linke, toshkentlik yosh ijodkorlar Ester Sheynfeld va Muxiddin Risqiyev shunindek, kinorejissyor Azamat Abbosov.
Fizik olimlar Odilxo‘ja Parpiyev va Sulton Sulaymonov, shuningdek, Sodiq Azimovning o‘g‘li Rustam Azimov bilan olib borilgan suhbatlar ushbu koʻp qirrali modernizm merosni yanada chuqurroq oʻrganishga yordam beradi hamda o‘zbek fizigi va akademigi Sodiq Azimovning institutni barpo etish va ishga tushirishga bag‘ishlagan faoliyatidagi ulkan hissasini yana bir bor ta’kidlaydi.
O‘zbekiston Venetsiya arxitektura biennalesida uchinchi bor ishtirok etmoqda. Pavilyon 2025-yil 23-noyabrgacha davom etadi.
“A Matter of Radiance” ko‘rgazmasi Venetsiyada 2025-yilning 10-mayidan 23-noyabriga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Koʻrgazma kuratorlari — GRACE arxitektura studiyasidan Yekaterina Golovatyuk va Giakomo Kantoni boʻlishadi.