"Aytilmagan" koʻrgazmasi

Toshkentdagi Fransiya alyansida rassom Saidbek Sobirboyevning “Understatement” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Sabirbayev Saidbek Sarsenbayevich — falsafiy-romantik yo‘nalishdagi o‘zbek rassomi. 1988-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini (dastgohli rangtasvir bo‘yicha bakalavr va magistratura) tamomlagan. 2012−2022 yillarda shu institutda dars bergan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi a’zosi.
Xalqaro tanlovlar laureati, 40 dan ortiq milliy va xalqaro koʻrgazmalar, biennale va simpoziumlar ishtirokchisi va tashkilotchisi. O‘zbekistonda bir qancha shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazgan. Asarlari O‘zbekiston, MDH, Yevropa va Osiyodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 19-iyul kuni soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.