Tashkent Fashion & Textile Expo 2025

CAEx Uzbekistan koʻrgazma markazida Tashkent Fashion & Textile Expo 2025 xalqaro Toshkent moda va toʻqimachilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Fashion & Textile Expo — ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini birlashtirgan noyob platformadir. Tadbir xaridorlar bilan samarali hamkorlik qilish, kelgusi mavsum uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolash imkonini beradi.
Moda tadbirida Markaziy Osiyo mamlakatlarida trendni belgilay oladigan zamonaviy moda yoʻnalishlari taqdim etiladi. 3 kun davomida mahalliy va xalqaro brendlarning moda namoyishlari va mutaxassislar ishtirok etadigan semazmun biznes dasturi boʻlib oʻtadi.
Fashion & Textile Expo 2025 moda tadbirlari markazida boʻlish va foydali biznes aloqalarini oʻrnatish imkoniyatidir. Koʻrgazmada jami 7 mamlakatdan 120 dan ortiq ishtirokchi oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.
Kirish bepul.
Havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.