Anons

"Umr sarhisobi" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 49
"Umr sarhisobi" koʻrgazmasi

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta koʻrgazmalar zalida rassom Musavvar Ulmasovaning “Umr sarhisobi” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

1955-yilda Toshkentda tug‘ilgan Mussavvar Ulmasova 1975-yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtini, 1982-yilda esa A.N. Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1984−1988-yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida multiplikatsiya rassomi sifatida faoliyat yuritgan. 1989-yildan boshlab tasviriy san’at bo‘yicha pedagoglik bilan shugʻullangan, 2015-yildan Respublika dizayn kollejida katta o‘qituvchi.

Ulmasova ijodida rang-barang gullar, sokin tabiat manzaralari va bolalik xotiralari alohida o‘rin tutadi. “Kungaboqarlar” (1996), “Tush” (2013), “Oq atirgullar” (2010), “Baxt” (2010), “Yolg‘iz chinor” (2015) kabi asarlari iliqlik va mehr timsollari sifatida e’tirof etib kelinadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval