Anons

Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha Xalqaro forum

E’lon qilingan sana· 74
Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha Xalqaro forum

“InterContinental Tashkent” mehmonxonasida birinchi SHARE Uzbekistan Xalqaro arxitektura va shaharsozlik forumi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda ilk bor bo‘lib o‘tadigan “SHARE Uzbekistan” Xalqaro arxitektura va shaharsozlik forumida dunyoning 15 mamlakatidan 30 nafar yetakchi arxitektorlar, jumladan, Bjarke Ingels Group, Zaha Hadid Architects, XTU Architects va MAD Architects vakillari ishtirok etadi.

Tashkilotchi SHARE Architects xalqaro platformasi boʻlib, u deyarli 30 yil davomida Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Kavkaz arxitektorlari va pudratchilarini birlashtirib kelmoqda. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan forum Markaziy Osiyoda tadbirlarning yangi yo‘nalishini ochib beradi va mamlakatning jadal shahar transformatsiyasi sharoitida xalqaro tajriba, bilim va innovatsiyalar almashinuvi platformasiga aylanadi.

Dastur ikki kunga moʻljallangan. Birinchisi urbanizm va jamoat binolariga, ikkinchisi — “jonli arxitektura” kontseptsiyasiga va dizayndagi innovatsiyalarga bagʻishlanadi. Ma’ruzachilar orasida Saidazim Sharipov (“Новый Ташкент”), Kay-Uve Bergman (BIG), Piter Myurrey (New London Architecture), Bobir Klichev (ARC), Diana Morari-Korotki (Architype) va Din Lach (Enota Studio) bor.

Ishtirok etish narxi: 375 000 so‘mdan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling