Anons

“Ipak yo‘llarida moʻyqalam bilan” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 38
“Ipak yo‘llarida moʻyqalam bilan” ko‘rgazmasi

Ikuo Xirayama xalqaro madaniy karvonsaroyida “Ipak yo‘llarida moʻyqalam bilan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazma muallifi xizmat ko‘rsatgan rassom Ortiqali Qozoqovdir.

Koʻrgazmada Buyuk ipak yoʻli mavzusini birlashtirgan ellikka yaqin asar oʻrin olgan. Rassom o‘zining jo‘shqin suratlarida milliy an’analar, ma’naviy qadriyatlar, ushbu tarixiy yo‘l bo‘ylab sayohatidan ilhomlangan obrazlarni aks ettiradi. Koʻpgina asarlar Qozoqovning Yevropa boʻylab — Buyuk Ipak yoʻli boshlangan Xitoyning Yanchjou shahridan Misrgacha boʻlgan ijodiy sayohatlari chogʻida chizgan eskizlari asosida yaratilgan.

Ortiqali Qozoqovning asarlari qirqdan ortiq davlat muzeylari va shaxsiy kolleksiyalaridan joy olgan, Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi va Tasviriy sanʼat galereyasida ham namoyish etilgan.

Koʻrgazma 10:00 dan 19:00 gacha ochiq.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling