Anons

“Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni” munosabati bilan mahorat darslari va inklyuziv koʻrgazma

E’lon qilingan sana· 215
“Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni” munosabati bilan mahorat darslari va inklyuziv koʻrgazma

Tashkent City Mall hududida “Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni” munosabati bilan mahorat darslari va inklyuziv koʻrgazma boʻlib oʻtadi.

Tadbir maxsus ehtiyojga ega bolalar va yoshlarning ijodkorligi, intellektual salohiyati hamda mehnat mahsulotlarini keng jamoatchilikka namoyish etishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnati buyumlari, rassomlik ishlari, dekorativ mahsulotlar, o‘quvchilar tayyorlagan loyihalar hamda turli ijodiy ishlanmalar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etiladi.

Koʻrgazmada quyidagi muassasalar ijodiy ishlari taqdim etiladi:

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi maxsus maktablar;
  • Muruvvat internat-maktablari tarbiyalanuvchilari;
  • “Tabassum” ijodiy markazi;
  • “Imkon” o‘quv-reabilitatsiya markazi;
  • “Bilim Makon” innovatsion markazi;
  • IIHUB — Xalqaro inklyuziv hab.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling