Anons

"Bahor vernisaji" ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 54
"Bahor vernisaji" ko‘rgazmasi

Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan an’anaviy “Bahor vernisaji” Respublika badiiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Bahor vernisaji” — bu nafaqat san’at bayrami, balki ayol ijodkorlarning nozik qalbi, betakror tasavvuri va badiiy mahoratini namoyon etuvchi ijodiy maydondir. Bahor faslining uyg‘onish, yangilanish va yasharish ruhi ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlarda o‘zining yorqin ifodasini topgan. Asarlarda muhabbat va sog‘inch, orzu va armon, quvonch va ilhom kabi insoniy kechinmalar nafis badiiy talqinda aks etadi.

Mazkur ko‘rgazmada 35 nafar ayol ijodkorning 100 ga yaqin asari namoyish etildi. Har bir asar tomoshabinni bahorning iliq nafasi va bayramona kayfiyati bilan qarshi oladi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling