Anons

“Ustozni xotirlab” xattotlik koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 125
“Ustozni xotirlab” xattotlik koʻrgazmasi

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta koʻrgazmalar zalida “Ustozni xotirlab” nomli Amina Baynazarovaning ustoz-shogird xattotlik koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrgazmada Toshkent shahri, Andijon hamda Fargʻona viloyatlarida yashab ijod qilayotgan xattotlarning 60ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.

Salimjon Badalboyev suls, riq’a, nasta’liq, devoniy, kufriy kabi xat turlarida ijod qilgan. Ustoz xattotning izlanishlari kitobat sohasidan tashqari me’morchilik, amaliy san’at sohalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, yurtimizdagi qator inshootlarda u kishining ijod namunalarini uchratish mumkin. Jumladan, Toshkent shahridagi “Ko‘kcha”, “Hazrati Imom”, “Kaffol Shoshiy”, “Hasan ota”, Yunusobod, Islomobod masjidlari, Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Chirchiq shahrida, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida va Qarshi shahridagi jome masjidlarining devorlari, mehrob va gumbazlari Salimjon domla tomonidan bezatilgan.

Xattotning ijodida adabiy-ma'rifiy kitoblar ustida olib borgan izlanishlari alohida o‘rin tutadi. Uning Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini eski o‘zbek yozuvchida ko‘chirganini, turli xat turlarida Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga ishlagan panno va boshqa ko‘plab kompozitsiyalarini mazmunga mos yangi izlanishlar, deyish mumkin. Salimjon Badalboyev xattotlik tarixi va rivojlanish jarayonining bilimdoni sifatida turli kitob va darsliklar tayyorlagan. Xususan, “Alifbo” (hammualliflikda), “Forsiy xat mashqlari”, “Nasx xati” kabi kitoblari xattotlik va arab yozuvi saboqlari bo‘yicha yoshlarga o‘ziga xos qo‘llanma hisoblanadi.Xattotlik hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida oʻrgatiladi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling