Anons

"Keramistan" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 17
"Keramistan" koʻrgazmasi

ARTIKUL32 galereyasi yetakchi oʻzbek rassomlarini birlashtirgan KERAMISTAN ekspo-koʻrgazmasiga mezbonlik qiluvchi keramika sanʼati markaziga aylanmoqda.

Shinam hovlida namoyish etilgan 14 ta keramika loyihasidan iborat asarlar: klassik an’anaviy keramikadan tortib, zamonaviy dizaynerlik buyumlari va nafis haykallargacha bir joyda toʻplangan.

Keramistan shunchaki savdo maydoni emas, balki goʻzallik yaratiladigan noyob muhitdir. Bu yerda tashrif buyuruvchilar hunarmandlar bilan muloqot qilishlari, ularning ijodlari ortidagi hikoyalarni oʻrganishlari va oʻziga xos buyumni topishlari mumkin.

Koʻrgazmaning ish vaqti: 11:00 dan 20:00 gacha.

Kirish bepul.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−002−9636.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling