Anons
"Buxoro afsonasi" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 16

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Alisher Mirzayevning “Buxoro afsonasi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi.
Koʻrgazmada Alisher Mirzayevning 40 ga yaqin kartinasi taqdim etiladi. Rassomning asarlarida Buxoro me’moriy yodgorlik sifatida emas, balki tirik madaniy xotira — tarix, an’ana va shaxsiy kechinmalar uyg‘unlashgan makon sifatida namoyon bo‘ladi.
Koʻrgazma ochilishi: 1-may, soat 17:00
Kirish narxi:
- kattalarga — 30 000 soʻm;
- talabalarga — 15 000 soʻm;
- maktab oʻquvchilari va pensionerlarga — 10 000 soʻm;
- 7 yoshgacha bolalar uchun — bepul.
