Toshkentda shveysariyalik rassom Peter Ershmanning ko‘rgazmasi ochildi

E’lon qilingan sana· 122
Toshkentda shveysariyalik rassom Peter Ershmanning ko‘rgazmasi ochildi

Toshkent shahridagi ARTepa galereyasida shveysariyalik rassom Peter Ershmanning “MARIONETTES” deb nomlangan shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.

Ko‘rgazma insoniyatning texnologiyalar, tabiat va atrof-muhit bilan munosabatlariga bag‘ishlangan. Rassom video installyatsiyalar orqali zamonaviy hayotning takrorlanuvchi ssenariylarini, insonning ekologiyaga ta’sirini va takrorlanishda davom etayotgan xatolarning oqibatlarini ko‘rsatadi.

Koʻrgazma Art Station loyihasining bir qismi boʻlib, erkin fikr bildirish, san’at va jamoatchilik bilan muloqotlarga bagʻishlangan.

Koʻrgazma 2026-yil 31-iyulgacha ochiq boʻladi. Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling