“Qo‘g‘irchoqlar” ko‘rgazmasi 15-avgustgacha uzaytirildi

E’lon qilingan sana· 99
“Qo‘g‘irchoqlar” ko‘rgazmasi 15-avgustgacha uzaytirildi

Astronomy Park hududidagi ARTepa Gallery’da bo‘lib o‘tayotgan shveysariyalik rassom Peter Ershmanning “Qo‘g‘irchoqlar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi 15-avgustga qadar uzaytirildi.

20-may kuni ochilgan ko‘rgazma dastlab 31-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik uni yana 15 kunga uzaytirishga qaror qilindi.

Rassom 20 yildan ortiq vaqt davomida video installyatsiyalar va raqamli “jonli kartinalar” orqali inson xatti-harakatlarini tadqiq qilib keladi. Uning asarlaridagi qahramonlar bir xil harakatlarni qayta-qayta takrorlaydi. Bu esa texnologiyalar, ijtimoiy me’yorlar, iqtisodiy jarayonlar va ekologik inqirozlarning kundalik hayotga ta’sirini aks ettiradi.

Ko‘rgazmaning markaziy mavzularidan biri ekologiya bo‘lib, u tabiat obrazi sifatida emas, balki kundalik odatlar va qarorlarning atrof-muhitga ta’siri orqali yoritiladi. Takrorlanish, davriylik va sekin harakat orqali loyiha iste’mol, mas’uliyat hamda o‘zgarishlar zarurati haqida mushohada yuritishga chorlaydi.

  • false
  • false
  • false
  • false

Ko‘rgazma seshanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling