O‘zbekistonda ikki yilda bir marta xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 395
O‘zbekistonda ikki yilda bir marta xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” (“Silk Uzbekiston fashion week”) moda haftaligi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

12-yanvar kuni imzolangan prezident farmonida belgilanishicha, ushbu moda haftaligi har ikki yilda bir marotaba may oyining uchinchi haftasida bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, farmonga ko‘ra, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo-ko‘ngilochar majmualaridan iborat bo‘lgan turizm markazlari quriladi.

Shuningdek, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo do‘konlaridan iborat bo‘lgan yirik savdo komplekslari (“Luxury tourism village”) quriladi.

“O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkazilishidan tashqari, 2024-yildan boshlab:

  • Turizm namoyishi obyektlarini o‘zaro bog‘lovchi “turizm halqalari"ni tashkil qilish asosida sayohat muddatini oshirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekistonda yana bir kun sayohat” dasturi amalga oshiriladi;
  • Respublikadagi turizm namoyishi obyektlarini o‘zaro bog‘lovchi Turistik yo‘nalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestri yuritiladi;
  • Milliy zargarlik mahsulotlari do‘konlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli quymalar hamda Markaziy bankning esdalik pul belgilarini sotish uchun vending avtomatlarini o‘rnatishga ruxsat beriladi;
  • “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumlarining ochilishini nazarda tutuvchi festivallar o‘tkaziladi.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ