Dildora Kasimova Tbilisidagi Jahon madaniyat haftaligida ikkita eksklyuziv kolleksiyasini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 123
Dildora Kasimova Tbilisidagi Jahon madaniyat haftaligida ikkita eksklyuziv kolleksiyasini taqdim etdi

9−12 may kunlari Tbilisida Dildora Kasimovaning “Sharq ertakining jonlanishi” nomli eksklyuziv dizayner matolari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va haftalik moda branchi doirasida yangi kolleksiya taqdimoti oʻtkazildi.

Olti oy davomida modalar uyi 20 dan ortiq turdagi dizaynerlik matolarini ishlab chiqdi: naqshlar (printlar) tayyorlanib, qoʻlda tikilgan kashtalar taqdim etildi. Brend jamoasi an’anaga koʻra tarixiy naqshlarni qayta yaratib, ularni yangi moda tendentsiyalari bilan birlashtirdi.

Dildora Kasimovaning oʻzi ta’kidlaganidek, yangi toʻplam va matolar bir nusxada yaratilgan. Aksariyat mahsulotlarning aniq nusxasini olishning iloji yoʻq, chunki kashtadoʻzlik va mato hunarmandlari tabiiy boʻyashning qadimiy usullaridan va vintaj bezak elementlaridan foydalanganlar.

— Jahon madaniyati haftaligida O‘zbekiston nomidan qatnashish men va jamoa uchun katta vazifa va sharafdir. Men eng boy sanalgan oʻzbek modasining elchisi sifatida brendimiz DNKsiga iliq, muhim oʻzbek anʼanalarini olib kiraman va jahon podiumlarining eng soʻnggi tendentsiyalari bilan kesishgan joyda birinchi kutyure kolleksiyasini yarataman", — deydi dizayner, modalar uyi asoschisi Dildora Kasimova.