Futbolchi Kilian Mbappe Dior’ning global ambassadoriga aylandi

Hozirgi avlodning ovozi va sport olamidagi va undan tashqaridagi koʻplab odamlar uchun ilhom manbai bo‘lgan Mbappe — oʻz jozibasi va xarizmasi bilan moda uyning qadriyatlarini mukammal aks ettiradi.
Iyun oyi boshida Dior moda uyining ijodiy direktori lavozimini egallagan Jonatan Anderson zamonaviy ikona, fransuz fulbolchisi, jahon chempioni Kilian Mbappe ishtirokidagi bir nechta videolavhalarda ilk namunalarni taqdim etdi .
Shubertning “Tugallanmagan simfoniya” saundtreki ostida “Real” yulduzi o‘zining yo‘l-yo‘l qizil-ko‘k galstugini ko‘k-oq yo‘l-yo‘l ko‘ylagiga to‘g‘rilaydi, uning ustidan “archa” naqshli kulrang jun kostyum kiyadi.
Boshqa qisqa rolikda u oq ko‘ylak ustidan qora galstuk-babochkasi yechilgan klassik qora smokinga kiyadi.
“Kilian Mbappe — avlod ovozi va sport olamida va undan tashqarida ko‘plab odamlar uchun ilhom manbai. Bu roliklar uni ushbu uyning ideal elchisiga aylantiruvchi joziba va xarizmasini namoyish etadi,” — dedi Anderson o‘z bayonotida.
Dior’ning 2026 yil erkaklar uchun bahor-yoz mavsumi toʻplami namoyishi juma kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, bu mavsumning eng kutilgan erkaklar kiyimlari koʻrgazmasi hisoblanadi. Dastlabki koʻrinishlar, yorqin erkaklar uslubi bilan tanilgan Anderson bu safar ancha an’anaviyroq yo‘nalishni tanlaganiga ishora qilmoqda.
Fransuz moda uyi Mbappeni 2021 yil uchun oʻzining tayyor liboslari va Sauvage parfyumini namoyish etish uchun global elchisi etib tanlagan.
Anderson o‘zining noodatiy tanlovlari bilan tanilgan bo‘lib, 11 yil davomida Loewe modalar uyida kreativ direktor sifatida faoliyat yuritar ekan, Deniel Kreyg, Meggi Smit va Greta Li kabi mashhur shaxslarni o‘z kampaniyalariga jalb qilgan.