Endilikda Toshkent metropolitenida to‘rtta operatorning mobil aloqasi ishlamoqda
E’lon qilingan sana: · 116

“Toshkent metropoliteni” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Metro yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yer osti bekatlarida yana bir qulaylik yaratildi. Endi Beeline abonentlari yer osti metro bekatlarida mobil qurilmadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi”.
Avvalroq barcha metro stansiyalarida Ucell, Humans va Uztelecom uyali aloqa operatorlari ishga tushirilgan edi. Qo’ng’iroqlar ham, mobil internet ham ishlaydi. Biroq, 2021-yil avgustida va’da qilingan ommaviy Wi-Fi hali ishga tushirilmagan.