Kutib olish zonalari, kapsulali mehmonxona va art-bozor: Toshkent aeroporti qanday o'zgarmoqda

E’lon qilingan sana· 155
Kutib olish zonalari, kapsulali mehmonxona va art-bozor: Toshkent aeroporti qanday o'zgarmoqda

17-fevral kuni Toshkent aeroportida matbuot anjumanida Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo’raeva boshchiligida 2022-yil yakunlarini sarhisob qilindi va 2023-yilgi rejalar haqida gapirildi.

Ushbu kun munosabati bilan uchish terminalining bir nechta bloklari foydalanishga topshirildi. Umumiy maydoni 935 m² bo’lgan aviatsiya xavfsizligi zonasi qurildi. Tekshiruv koridorlari soatiga 2400 yo’lovchiga o’tish imkonini beradi. Tekshiruv zonasida oyoq kiyimni yechmasdan yonuvchan va portlovchi moddalarni, metall buyumlarni, aniqlay oladigan suyuqlik, kiyim-kechak va poyabzal uchun CEIA skanerlari (Italiya) o’rnatildi. Zal, shuningdek, qo’l yuki va umumiy yuklarni tekshirish uchun Smiths Detection (Germaniya) qurilmasi bilan jihozlandi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirishini ta’minlash uchun tez va kontaktlarsiz yo’lovchilarni tekshirish imkonini beruvchi Leidos (AQSh) kompaniyasining ProVision2 bodiskanerlari ham o’rnatildi.

Toshkent aeroportining steril zonasining chap qismining 2640 m² maydoni rekonstruktsiya qilindi. Yangi hududda yana bitta Duty Free do’koni va Art-bozor savdo pavilyoni joylashtirilgan bo’lib, u yerda hunarmandlar do’konlari, milliy gastromiya, gadjetlar, sim-kartalar, zargarlik buyumlari, bolalar ovqatlari, shirinliklar, dorixona va kafe-barlarni ko’rish mumkin. Steril zonada, shuningdek, elektron qurilmalarni zaryadlash imkoniyati mavjud bo’lgan birinchi kovorking-burchak tashkil etildi. Yaqin kelajakda terminalning turli joylarida bunday burchaklarni ko’proq tashkil etish rejalashtirilgan.

Mart oyining oxirigacha yana bir blok steril zona foydalanishga topshirilib, unda kapsulali mehmonxona, hammom, tahorat qilish xonasi va namozxona, shuningdek, “Anjir” biznes-zali tashkil qilinadi. Bu mutlaqo yangi qurilishdir, bu aeroport majmuasini yana 875 m² ga kengaytiradi, bu esa xalqaro va transfer yo’lovchilari uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Shu bilan birga, Toshkent xalqaro aeroporti uchish terminali oldidagi hududni obodonlashtirib, 1400 m² maydonga kutuvchilar uchun ikkita zona qurish rejalashtirilmoqda. Ta’kidlash joizki, sanoat va seysmologik qurilish standartlarini hisobga olgan holda, Toshkent aeroportining rekonstruksiya loyihasi ustida mahalliy va xorijiy mutaxassislar jamoasi ishlamoqda. Qayta qurish paytida aeroport majmuasida barcha muhandislik tarmoqlari: elektr ta’minoti, isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya va sovutish tizimi almashtirildi.

Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ