Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 336
Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan 23−31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi.

Chegirma 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga amal qiladi. Aviachipta qaytarilganda, qayta bronlashtirilganda yoki qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish va qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ