O‘zbekistondagi Coca-Cola Navro‘z bayramiga taklif etadi

Bayramni Coca-Cola uslubida o‘zbek mahallasining iliq do‘stona muhitida 20-21-mart kunlari Toshkentdagi Tashkent City, "Navro‘z", 18-21-mart kunlari Namangandagi “Afsona” istirohat bog‘larida o‘tkazish mumkin.
Bayramni Coca-Cola uslubida o‘zbek mahallasining iliq do‘stona muhitida, Toshkentdagi Tashkent City, “Navro‘z”, Namangandagi “Afsona” istirohat bog‘larida o‘tkazish mumkin. 18−21-mart kunlari Namanganda va 20−21-mart kunlari Toshkent shahrida bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi, unda sumalakdan tatib koʻrish, blogerlar bilan osh tayyorlash boʻyicha pazandachilik mahorat darsida qatnashish, soʻngra uni yaqinlar bilan baham koʻrish mumkin bo‘ladi.
Navro‘z kunlarida haqiqiy mo‘jiza onlayn tarzda ham, Coca-Cola sahifasida sodir bo‘ladi. Coca-Cola Navro‘zning haqiqiy mo‘jizasiga sho‘ng‘ib, kompaniyaning asosiy tamoyillari aks etgan go‘zal falsafasining bir qismi bo‘lishga taklif qiladi. Navro‘z barcha avlodlarni nafaqat bir dasturxon atrofida, balki bayramga tayyorgarlik jarayonida ham birlashtirgan bayramdir. Yaxshi kayfiyat, urf-odatlar, qarindoshlar va do‘stlar bilan birgalikda nimalarnidir yaratgan lahzalarda mo‘jiza haqiqatga aylanadi.
Coca-Cola brendning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan #NavrozSehriniUlash mazali tanloviga qo‘shilishga taklif qiladi. O‘zbekistonlik blogerlar Navro‘z bayrami uchun maxsus yozilgan Coca-Cola trekiga o‘zlarining bobo-buvilari va ota-onalari bilan birgalikda Reels suratga olish orqali Ushbu musobaqani qo‘llab-quvvatlashdi. Ajdodlar sharofati bilan Navro‘z bayrami arafasida ko‘p asrlik an’analar hayotga kirib, bolalar va nabiralar o‘zlarining sevimli taomlarini birgalikda tayyorlashgan chog‘larida bu an’analar yangicha turlarda porlamoqda.
“Biz Coca-Cola faoliyat yuritayotgan har bir mamlakatda an’analarni qo‘llab-quvvatlashdan juda mamnunmiz. Bu har birimiz uchun yaqinroq bo‘lish, bir-birimizga quvonch baxsh etish va umumiy kayfiyatda bo‘lish yo‘lidir”, — deydi “Coca-Cola Icicek” kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Ezel Agaoglu. “Butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman, barcha ishlarga omad, tinchlik va farovonlik tilayman. Bayram barchani katta bayramona dasturxon atrofida to‘plasin. Axir, mazali dasturxon, musiqa va an’analar eng yorqin, eng mehribon va eng go‘zallarni o’ziga jalb qiladi”.
Shuningdek, Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi #PET2NatureUz ekologik chellenjini ishga tushirdi. 16-martdan 26-mayga qadar Toshkent shahridagi oliy oʻquv yurtlarining yetakchi talabalari plastik yigʻish uchun jalb etiladi. Plastmassadan geomembrana ishlab chiqariladi, u Orolboʻyining qoʻriqlanadigan hududida yashovchi hayvonlar uchun sunʼiy suv havzalari va butun ekotizimni yaratish uchun foydalanadi.
Reklama huquqlari asosida.