Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 156
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, 24-mart kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +20+23 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +23+25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +27+29 darajani tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8+10 daraja, kunduzi +22+25 daraja bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling