Toshkentda sumalakli konfetlar tayyorlandi

E’lon qilingan sana· 409
Toshkentda sumalakli konfetlar tayyorlandi

17-mart kuni “Hangar” madaniyat markazida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Qand Heritage” milliy kolleksiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Oshpaz Bahriddin Chustiy va shokoladchi Saidakmal Vahobov xon saroylarida an’anaviy dasturxonga tortilgan sharqona shirinliklarning unutilgan qadimiy retseptlarini mualliflik talqinida taqdim etdi.

To‘plam muallifining ta’kidlashicha, “Qand” premium shokolad brendi asoschisi, o‘zbek xalqining an’analari va samimiy mehmondo‘stligi ramzi bo’lgan Navro‘z bayrami O‘zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi mahsulot yaratish uchun katta jamoani birlashtirdi.

Saidakmal Vahobov

Biz qadimiy an’analarni o‘zida mujassamlashtirib, ajdodlarimiz tarixi va merosidan eng yaxshisini olib, uni yangi va zamonaviy ko’rinishga keltirishga harakat qildik", — dedi u. — Milliy kolleksiyada shokoladning to’rt xil ta’mi mavjud: klassik holva, guruch unidan tayyorlangan oq Buxoro holvasi, oq kunjut kozinaklari va an’anaviy o’zbek pashmaki.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan nostandart ziyofat mehmonlari uchun qozonda tayyorlangan sumalakli shokoladlar alohida syurpriz bo‘ldi.

Saidakmal Vahobov va Bahriddin Chustiy

Bu joy, bu yerdagi atmosfera bizga yangi g’alabalar uchun qayerdan ilhom olish kerakligini yaqqol ko’rsatayotgandek. Aynan bizning merosimizdan, — deydi hamkorlikning ikkinchi ishtirokchisi “o‘zbek Jeymi Oliver"i, brend oshpazi Bahriddin Chustiy.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ