Hafta yomg'irli bo'lishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 51
Hafta yomg'irli bo'lishi kutilmoqda

O‘zgidromet'ning xabar berishicha, dushanba kuni va hafta davomida respublika bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati hafta davomida +20…+23 darajadan +15…+18 darajagacha o‘zgarib turadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3−6-aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5−6-aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

3−4-aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 3−7-aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda 4-apreldan 6-aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5−10 m/s dan biroz 12−15 m/s gacha esadi. Dushanba kuni kunduzgi havo harorati +21…+23 darajani tashkil etadi, hafta o‘rtasiga kelib +16…+18 darajagacha pasayadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ