Ramazon hayiti munosabati bilan o'zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
E‘lon qilindi: · 348

O’zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin. Bunga ko’ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
- 22-aprel — shanba;
- 23-aprel — yakshanba;
- 24-aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).
Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.
Agar 22 aprel — shanba O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.