Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi
E‘lon qilindi: · 73

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, dushanba kuni va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Poytaxtda dushanba kuni va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +28…30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13…+15 darajagacha, ba’zi joylarda +16…+18 darajagacha, kunduz kunlari +30…+33 darajagacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +35…+37 darajagacha ko‘tariladi. Bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan +4…+6 darajaga yuqoridir.