Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi
E‘lon qilindi: · 1042

28-aprel kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri o’tkaziladi. Dunyoda mazkur tadbir 1995-yildan buyon mavjud. Jahon uzra ommalashganganiga esa 23 yil bo‘ldi.
Bu tadbirning ahamiyati beqiyos — bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir.
Shu bois ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.