Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

E‘lon qilindi· 112
Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +24…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

6-mayda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +18…+23 darajagacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo‘lgan me’yordan 3−5 darajaga pastdir.

7-mayda respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi +8…+13 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 5−7-may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.