Anons

Uzbekistan Fashion Week

E’lon qilingan sana· 1 748
Uzbekistan Fashion Week

Toshkentda Uzbekistan Fashion Week`ning to‘rtinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavsumda tashkilotchilar tezkor moda va to’qimachilik bilan bog’liq boshqa ekologik muammolarni oldini olish uchun ekologiya va barqaror kiyim tikish mavzusiga ko’proq e’tibor qaratishdi.

Moda haftaligi doirasida mahalliy va xorijiy dizaynerlar va jamoatchilik vakillari, ekologiya faollari ishtirokida ekologiya, ushbu ekologik muammolarni qanday hal qilish va qayta ishlangan kiyimlarni ko‘proq ishlab chiqarishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi. Moda haftaligi doirasida “O‘zbek modasi tarixi” kabi ma’rifiy loyiha ham o‘rin olgan.

Bu yerda mehmonlar O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan to‘plangan XVII-XVIII asrlarga oid tarixiy pardalar kolleksiyasi bilan tanishishlari hamda taqdimot va seminarlarda ularning tarixi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Tadbirlar jadvali:

13-may:

  • 12:00 — mahalliy va xorijlik dizaynerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani;

Manzil: Yoshlar ijod saroyi;

  • 18:00 — “O‘zbek barqaror modasi tarixi”. Mahalliy san’atshunoslar, dizaynerlar va san’at ixlosmandlari bilan uchrashuv;

Manzil: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon.


14-may:

  • 17:00 — UFW Fashion Gala. O‘zbek shou-biznesi vakillari, taniqli blogerlar, xonanda va aktrisalarning chiqishlari hamda Yulduzlar yo‘lidan o‘tish marosimi;

Manzil: Yoshlar ijod saroyi;

  • 18:00 — ochilish marosimi, mahalliy Azucar Moreno brendining mualliflik defilesi va yosh dizaynerlar namoyishi;
  • 19:30 — marokashlik dizayner Maison Art dan mualliflik moda namoyishi.

Manzil: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon.


15-may:

  • 18:00 — Dizayner Dilnoza Umirzoqovaning “Anor” brendi va bloger Nodira Abdurahmonova (NadiUz) kollaboratsiyasi.

Manzil: Abdulla Qodiriy uy-muzeyi.


16-may:

  • 18:00 — yosh dizaynerlar tanlovining boshlanishi;
  • 19:30 — yosh dizaynerlarning moda namoyishi.

Manzil: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon.


17-may:

  • 18:00 — Siluet’ning 10 yilligiga bag’ishlangan mahalliy dizayner Noila Usmonovaning 10 yillik yubiley shousi;
  • 19:30 — “Yuqori moda kuni” — yuqori moda va mahalliy Gigu brendi uslubida yaratilgan kiyimlar namoyishi.

Manzil: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon.


18-may:

  • 18:00 — Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida Aral Dreams loyihasining yopilish marosimi.

Manzil: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon.

Chipta narxi: 200 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.

Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

  • Sana
    13dan 19-maygacha
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ