Hafta davomida harorat 38 darajagacha ko'tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilib boradi, asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. O‘zgidromet`ning xabar berishicha, hafta o‘rtasiga kelib kunlar +38 darajagacha isishi mumkin.
Harorat kechalari +13…+18, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha yetadi. Janubda va cho‘l hududlarda harorat bundan-da yuqori bo‘lishi, +36…+38 darajaga yetishi mumkin.
12-mayda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nisbatan nam havo kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +2…+3 darajaga pasayib, o‘rtacha +27…+32 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida ham 8−11-mayda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-mayda +25…+27, 10−11-may kunlari +32…+34 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. 12-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat nisbatan pasayadi.