14−17-may kunlari nam va salqin havo bo‘lishi kutilmoqda
E‘lon qilindi: · 238

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, 14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilamoqda.
14−17-may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14−16-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
14−16-mayda respublika shimolida, 17-mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha pasayadi.