Hafta o‘rtasida harorat pasayadi va yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
Dushanba kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, harorat foni quyidagicha bo‘ladi:
- seshanba kuni kechasi +18…+20 darajani, kunduzi +31…+33 darajani tashkil etadi;
- chorshanba kuni kechasi +13…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +17…+22 darajagacha pasayadi;
- payshanba kuni kechasi +10…+15 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi;
- juma kuni kechasi +12…+17 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.
Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi birozdan o‘rtachagacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 15-may kuni kunduzi +33…+35 darajani, 16-may kuni kechasi +18…+20 darajani, kunduzi +29…+31 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +16…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+22 darajagacha pasayadi, 18-may kuni kechasi +12…+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi.