Toshkent: Uy-joy ijarasiga bo’lgan ichki talab va ko'rsatkichlar

E’lon qilingan sana· 788
Toshkent: Uy-joy ijarasiga bo’lgan ichki talab va ko'rsatkichlar

Olx.uz saytidagi dolzarb murojaatlardan biri — bu uy-joy ijarasiga bo’lgan talabdir. Statistika shuni ko’rsatdiki, agar ko’chmas mulk uchun talab va taklif soni barqaror o’sib borsa, narxlar noaniqligicha qolaveradi. Lekin “mavsumiy” ma’lumotlarning o’sishiga qaramay, poytaxt barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yetakchi o’rinni egallagan.

Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (IPMI) ekspertlari xulosasiga ko’ra, 2022-yil oktabr oyida Toshkentda kvartira ijarasi narxlarining o‘sishi eng yuqori cho‘qqiga
chiqqan va pasayishni boshlagan. Olx.uz saytidagi eʼlonlar tahliliga asosan, oʻsha paytda, oʻrtacha taʼmirlangan kvartiralarning oʻrtacha ijara narxi 526 dollar atrofida bo’lgan va shu yilning mart oyida esa o’rtacha ijara narxi 411 dollarni tashkil etgan.

Toshkent shahrida joriy yilning yanvar-aprel oylarida vaqtinchalik uy-joyga bo‘lgan iste’mol talabini 2022-yilning shu davri bilan solishtirilsa, o’rgarishlarni ko’rish mumkin. Kvartira ijaraga olishning o’rtacha oylik narxi taxminan 370 dollarni va uy (dacha, kotej) — 590 dollarni tashkil etadi, o’tgan yili bu ko’rsatkich mos ravishda 350−570 dollarni tashkil etgan.

Mamlakat bo’ylab ijaraga beriladigan uy-joylarning umumiy statistikasiga nazar solinsa, unda, talab, taklif va narxlarning aniq o’zgarishini ko’rish mumkin. Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida saytda 135 000 ga yaqin turar-joy binolarini ijaraga berish bo’yicha (xonadan penthouse’gacha) e’lonlar berilgan. O‘tgan yillarning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich ancha past: 2022-yilda 96 mingdan, 2021-yilda esa 84 mingdan ortiq ko‘proq joylashtirilgan.

Ushbu davr mobaynida kvartiralarning oylik ijarasi uchun o’rtacha narx taxminan: joriy yil uchun 350−570 dollar, o’tgan yili 320−550 dollar, 2021-yil uchun esa 300 -500 dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar va istiqomat qiluvchilar soni bo’yicha poytaxt birinchi o’rinni egallagan.

Bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylaridan joriy yilning shu davriga nisbatan qidiruv so‘rovlari qariyb 7 barobar oshganini tasdiqlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu yilgi davr uchun minimal va maksimal stavkalar mos ravishda taxminan 30 va 590 dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda bu narxlar kunlik ijara uchun 20 dan 450 dollargacha boʻlgan.

O‘tgan davr mobaynida e’lonlar soni 30 foizga oshgan. Ta’kidlanishicha, reklama beruvchilardagi mijozlar/iste'molchilar bilan vositachilarsiz to’g’ridan-to'g'ri bog’lanish istagi, bitimlar, mahsulotlar, xizmatlar, xarajatlarning mavjud shartlarni kelishish va muhokama qilishga bo’lgan xohishi reklama sonining ko’payishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda zamonaviy va ko’p funksiyali turar-joy majmualarining poytaxtda faol bunyod etilishi uni yangi binolarni sotib olish va ijaraga berishda birinchi o’ringa olib chiqmoqda. Toshkentda relokantlarning ko’payotganligi tufayli rieltorlar bo‘sh uy- joylar haqida ko’proq e’lon bermoqdalar, bu esa esa e’lonlar ko’payishiga yana bir sabab hisoblanadi.

Tahlil uchun maʼlumotlar www.olx.uz saytidan Parsing metodi asosida olindi. Joriy yilning yuqorida qayd etilgan davrlari hamda o‘tgan 2022−2021-yillar uchun jami 537 mingdan ortiq saralangan e’lonlar tahlil qilindi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ