Venetsiya arxitektura biennalesida O‘zbekiston Milliy pavilioni ochildi

E’lon qilingan sana· 269
Venetsiya arxitektura biennalesida O‘zbekiston Milliy pavilioni ochildi

20-may kuni Venetsiya (Italiya)da XVIII Venetsiya arxitektura biennalesi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston milliy pavilioni Unbuild Together ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan. Pavilion loyihasi gana va shotlandiyalik me’mor va yozuvchi, XVIII Xalqaro me’morchilik ko‘rgazmasi muhofizi Lesli Lokko tomonidan taklif etilgan bu yilgi Venetsiya biennalesining “Kelajak laboratoriyasi” mavzusi bilan hamohang tarzda muloqotga kirishadi.

“Venetsiya arxitektura biennalesida biz ushbu qo‘rg‘onlarning go‘zalligi va ahamiyatini jahon jamoatchiligiga namoyish etish hamda hunarmandchiligimizning boy ekani va o‘zbek xalqining mahorati haqida hikoya qilish imkoniga egamiz. Biennaleda, shuningdek, biz butun dunyo bo‘ylab madaniy meros obyektlarini saqlash va himoya qilishdek muhim mavzuga murojaat qilmoqchimiz. Toki kelajak avlodlar ularni o‘rganish orqali o‘z tarixi, ajdodlari erishgan ulkan yutuqlarni yodga olsin”, — Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri.

Loyiha Qoraqalpog‘istonning qadimiy qal’alari xarobalari, Xorazm tamadduni merosi va o‘zbek me’morchiligining asosiy qurilish ashyosi hisoblangan an’anaviy g‘isht tayyorlash texnologiyasini o‘rganish masalalariga qaratilgan.

Toshkent shahridagi Adju universiteti tadqiqot hamkori sifatida ishtirok etdi. 2023-yilning yanvar oyida “Studio KO”, Adju universiteti talabalari va Toshkentdagi professor va o‘qituvchilar ishtirokida O‘zbekistonda qator amaliy mashg‘ulotlar, dala tadqiqotlari va nazariy bahs-munozaralar turkumi o‘tkazildi.

Adju universiteti yuqori sifatli tadqiqot va ta’limi bilan nom qozongan nufuzli o‘quv dargohidir. Adju universiteti bilan hamkorlik O‘zbekistonning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari tajribasidan foydalanish hamda universitet talabalarini o‘zlarining yangi ko‘zqarash va g‘oyalarini loyihani puxta ishlab chiqishga jalb etish imkonini beradi. Butun ko‘rgazma davomida Adju universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari izlanishlarning turli jihatlarida ishtirok etadilar hamda ko‘rgazmani boshqarish va qurilmalarni yaratishda ishtirok etadilar.

“O‘zbekiston g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq tarixga ega bo‘lib, ko‘p asrlik vositalardan foydalangan holda tayyorlangan an’anaviy o‘zbek g‘ishtlari o‘zining mustahkamligi, puxtaligi va bejirimligi bilan dong taratgan. Ushbu g‘ishtlar nihoyatda bardoshli va asrlar davomida xizmat ko‘rsatishi mumkin, bu ularni chidamliligini taqozo etuvchi qurilish loyihalari uchun ajoyib tanlovdir. Ular, shuningdek, ekologik toza hisoblanib, tabiiy ashyolardan tayyorlanadi hamda ko‘p quvvat sarf bo‘luvchi ishlab chiqarish jarayonlarini taqozo etmaydi”, — Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori.

Toshkentdagi Adju universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan birgalikda “Studio KO” g‘isht, tuproq va loyning moddiyligini tadqiq etadi. Talabalar bilan olib borilgan nazariy ish va tajribalar, g‘isht yasash yo‘llari, uni qurish usullari va bezak turlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida O‘zbekiston Milliy pavilionining o‘zgacha makonga xos yechimi vujudga keladi.

Kulolchilik ustasi va rassom Abdulvohid Buxoriy Studio KO bilan hamkorlikda koshinlash uslubidan foydalangan holda qurilmani yaratdi. Abdulvohid Buxoriy buxorocha moviy kulolchilik ustasi bo‘lib, bu yuz yildan ko‘proq vaqt davomida sal kam unutilib, deyarli mavjud bo‘lmay qolish asnosida qola yozgan uslubdir.

Ko‘rgazma 2023-yilning 20-mayidan 26-noyabrga qadar davom etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ