“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qumli plyaj ochilishi
E’lon qilingan sana: · 1 198

30-may kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qumli plyaj ochilishi bo’lib o’tadi.
Plyajda quyosh ostidagi shezlonglar, soyabonlar, dushlar, kiyim almashtirish xonalari va tez tibbiy yordam punkti mavjud. Uchta nuqtada tez tayyorlanadigan taomlar, ichimliklar va suzish vositalari (aksessuarlar) sotiladi.
Qayiqlar uchun alohida ko’l ham mavjud.
“Suv bir joyda turmaydi, lekin kichik oqim bor — shunga ko’ra, kichik to’lqinlarni kuzatish mumkin. Qum haqiqiy plyajdagi kabi”, — deya qo’shimcha qildi park ma’muriyati.
Chipta narxi ham e’lon qilindi:
- 4 yoshgacha — bepul;
- 5 yoshdan 10 yoshgacha — 40 000 so‘m (hafta kunlari) va 60 000 so‘m (dam olish kuni);
- kattalar uchun — 60 000 so’m (hafta kunlari) va 90 000 so’m (dam olish kuni);
- pensionerlar — 30 000 so’m (hafta kunlari) va 45 000 so’m (dam olish kuni).
Plyaj soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.
Plyaj lokatsiyasini quyidagi havoladan topish mumkin.
Jadval
- "Yangi O'zbekiston" bog'i30-mayseshanbaToshkent, Park Yangi Uzbekistan