Toshkent va Bishkekda futbol bo'yicha Markaziy Osiyo kubogi o'tkaziladi

E’lon qilingan sana· 531
Toshkent va Bishkekda futbol bo'yicha Markaziy Osiyo kubogi o'tkaziladi

Toshkent va Bishkek shaharlari futbol bo’yicha CAFA Nation’s Cup xalqaro oʻrtoqlik turniriga mezbonlik qiladi. Kubok musobaqasi 10−20-iyun kunlari bo’lib o’tadi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda Oman hamda Eron terma jamoalari ham qatnashishadi.

Toshkent shahri mezbonlik qiladigan uchrashuvlar «Bunyodkor» (Milliy) hamda «Paxtakor» stadionlarida bo’lib o’tadi.

Kubok musobaqasi doirasida terma jamoalar qur’a tashlash yo’li bilan ikki guruhga bo’lingan. Unga ko’ra, terma jamoalar quyidagicha joylashgan:

  • A guruhi: O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oman;
  • B guruhi: Qirg’iziston, Eron, Afg’oniston.

A guruhidan o’rin olgan jamoalarning uchrashuvlari Toshkent shahrida, B guruhidagi terma jamoalarning o’yinlari esa Bishkek shahrida bo’lib o’tadi.

Uchrashuvlar taqvimi quyidagicha:

20-iyun kuni ikkala guruhda birinchi o’rinni olgan jamoalar finalda turnir g’olibligi uchun bahs olib borishadi. Shuningdek, guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar 3-o'rin uchun kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ushbu musobaqa ilk bor tashkillashtirilmoqda.

3-o'rin uchun bahs, 20-iyun kuni soat 18:30 da «Paxtakor» stadionida bo’lib o’tadi. Final uchrashuvi esa xuddi shu kuni soat 20:30 da Toshkent shahridagi «Bunyodkor» (Milliy) stadionida o’tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling