Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 50% gacha chegirma e’lon qildi
E’lon qilingan sana: · 1 371

Uzbekistan Airways kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy qatnovlarga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi.
Chegirma taqdim etiladigan chiptalarni 8-iyundan boshlab xarid qilish imkoni mavjud hamda faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi.
Taqdim etiladigan chegirma miqdori quyidagicha talqin qilinadi:
- kattalar uchun tarifdan — 50%;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun — bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining — 50%ini tashkil qiladi);
- chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi.
Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniya veb-saytida, Uzbekistan Airways Sales filiali va uning agentlaridan faqat O‘zbekiston fuqarolari sotib olishi mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.