Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 118
Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi

O‘zgidromet xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda ish haftasi davomida kuzatilgan issiqlikning pasayishi dam olish kunlari ham davom etadi.

Juma va shanba kunlari respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +33…+38, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda +42…+44 atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat +15…+18 darajagacha pasayadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon va yakshanba kuni shamol tezligi 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23−24-iyunda +34…+36, 25-iyunda +31…+33 daraja bo‘ladi.