Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 268
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

28-iyun kuni Qurbon hayiti nishonlanishi munosabati bilan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Jadval:

29-iyun kuni:

  • 780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
  • 779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.

26-iyundan 3-iyulgacha:

  • 767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
  • 768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish, chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari va elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonliklar Hayit bayrami arafasida ketma-ket 5 kun — 28-iyun 2-iyul kunlari mobaynida dam oladi. 1-iyul ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 8-iyul 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘lib qolaveradi.

Eslatib o’tamiz, Uzbekistan Airways bayram munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik, Silk Avia kompaniyasi esa 27-iyundan 2-iyulgacha parvozlarga 30 foizgacha chegirma e’lon qilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ