Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, hafta davomida harorat +39…+41 darajaga ko‘tariladi. Havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Dushanba kuni respublika bo‘yicha harorat +30…+33 daraja, janubda +39…+41 daraja bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi. 27−30-iyun kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi va +34…+37 daraja, janubda +39…+41 daraja atrofida bo‘ladi.
Faqat shanba va yakshanba kunlari — 1−2-iyulda O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana +38…+40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +42 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog‘oldi va tog‘li hududlarda 26−28-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat dushanba kuni kunduzi +32…+34 daraja, 27−30-iyunda +34…+37 daraja, 1−2-iyulda+37…+40 daraja bo‘ladi.