Hafta davomida havo harorati pasayadi
Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Qozig‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +31…+32 darajagacha pasaydi, deya xabar bermoqda Uzgidromet.
Bugun, 3-iyul kuni salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshladi. Kunduzi havo harorati +33…+36 darajagacha, janubda +40 darajagacha pasayadi. Me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
3−7 iyul kunlari ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4-iyulda kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3−4 iyul kunlari eng chekka janubda 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.