Yandex Go xizmati Nukusda ham ishga tushirildi

Bugun, 5-iyul kuni Yandex Go Nukusda ham ishga tushirildi. Ilovani yuklagan holda unda kerakli manzilni tanlab, shaharning istagan nuqtasiga yetib olish mumkin. Servis foydalanuvchining joylashuvini o‘zi aniqlaydi va tez yetib keladigan haydovchini topadi.
Safar narxi — 3500 so‘mdan boshlanadi, deyiladi xabarda. Masalan, Markaziy bozordan Savitskiy muzeyiga yetib borish taxminan 4000 so‘m to‘laysiz, aeroportdan esa taxminan 5000 so‘mga tushadi.
“Endi nukusliklar shahar bo’ylab qulay va bemalol harakatlanishlari mumkin bo’ladi. Viloyatning betakror madaniyati bilan tanishish va mashhur avangard muzeyiga tashrif buyurishni istagan sayyohlar ham ilovadan foydalanishlari mumkin. Yandex Go-da siz mashinaga buyurtma berganingizdan so’ng darhol model, avtomobil raqami va kutish vaqtini ko’rishingiz mumkin. Ilovada tez bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati ham mavjud”, — deydi Yandex Go hududiy menejeri Mirzohid Solihov.
Nukusda safarning aniq narxi mashinaga buyurtma berish paytidayoq ko‘rinadi — ilovada boradigan manzilingizni aniq kiritsangiz bas. Haydovchi yo‘nalishni yo‘l ta’miri tufayli o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelsa ham narh o‘zgarishsiz qoladi. Safar uchun to‘lov naqd ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Yandex Go o‘z texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, marshrutizatsiya, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlash aqlli tizimi. Aynan texnologiyalar safarlarni foydalanuvchilar uchun qulay qilgan holda haydovchilar yaxshi pul topishiga imkon beradi.
Yandex Go O‘zbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Nukusdan tashqari xizmat sakkizta shaharda ishlaydi: Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Samarqand, Qo’qon va Buxoro. Yandex Go o‘z haydovchilari va mashinalariga ega emas. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ilova iOS va Android uchun o‘zbek, rus va boshqa ko‘plab tillarda mavjud.