Anons

Mahalla Art Weekend oilaviy festivali

E’lon qilingan sana· 43
Mahalla Art Weekend oilaviy festivali

Toshkent shahrida joylashgan “Namuna” mahallasida Mahalla Art Weekend birinchi oilaviy festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning asosiy g‘oyasi — O‘zbekistonning zamonaviy san’at sahnasi vakillari hamda shahar mahallalari aholisi o‘rtasida mazmunli muloqot, o‘zaro hurmat madaniyati hamda yaxshi qo‘shnichilik amaliyotini rivojlantirishdan iborat.

Festivalning markazi “Namuna” mahallasidagi Kalhovuz kanali bo‘yidagi choyxonaning go‘zal ayvonidir.

Dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • 14-iyul soat 19:30dan — “Qizlar” ijodiy loyihasi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi;
  • 15-iyul soat 19:30 dan — O‘zbekiston yosh rejissyorlarining kino namoyishlari;
  • 16-iyul soat 18:00dan — bolalar mahorat darslari va portfolio revyu.

Festival 3 kun davomida rus va o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

Barcha oila uchun kirish bepul.
Tashrif buyuruvchilarni har oqshom — “choyxo‘rlik” kutmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval

14-iyul
juma
15-iyul
shanba
16-iyul
yakshanba