Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 108
Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi

O‘zgidromet'ning xabar berishicha, dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz ko‘tariladi. Kunduz kunlari harorat 37…+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha bo‘ladi.

Keyingi hafta davomida O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.

Poytaxtda 21−23-iyul kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36…+38 daraja, shanba va yakshanba kunlari +38…+40 daraja bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling