Toza havo, soflik va ichki xotirjamlik. Rekonstruksiyadan keyin Yapon bog'i qanday ko'rinishga keldi?

E’lon qilingan sana· 582
Toza havo, soflik va ichki xotirjamlik. Rekonstruksiyadan keyin Yapon bog'i qanday ko'rinishga keldi?

Yapon bog’i ko’plab toshkentliklar va mehmonlarning sevimli joyi. Juftliklar birinchi uchrashuv uchun bu yerga kelishadi, “love story” va to’y fotosessiyalari ham shu yerda o’tkaziladi va oilalar tez-tez piknik uchun bu bog’da yig’ilishadi. Shu yilning bahorida Yapon bog’i ma’muriyati rekonstruksiya ishlari haqida e’lon qildi. Afisha muharrirlari ta’mirlangan hudud bo’ylab sayr qilishdi.

Kiraverishda tashrif buyuruvchilarni hali hamon yog’och eshiklar kutib oladi. Shag‘alli yo‘l silliq bruschatkalarga almashtirildi. Bog' bo’ylab u bir nechta uslubda terilgan. Uzoqdan kichik sharshara tovushi eshitiladi: yo’llar unga butalar, fonarlar va oq toshlar bilan to’ldirilgan yog’och tuzilma orqali olib boradi.

Ko’l bo’yidagi yo’lda gullayotgan yapon nilufari ko’rasiz. Bog' sezilarli darajada yangi daraxtlar va o’simliklar bilan to’ldirilgan. Tovus o’t ustida jozibador yurishi bilan hayratlantiradi, laylaklar esa bu yerda o’zlari uchun qo’ralarga ega bo’lishgan.

Bog' hududida ko’plab yapon ramzlari mavjud. Masalan, ko’ldagi uyning yonida siz tsukubayni uchratishingiz mumkin — bu choy bog’ining ajralmas elementi hisoblanadi. An’anaga ko’ra, choy ichishdan oldin mehmonlar tsukubayda qo’llarini yuvishlari va og’zini chayishlari hamda shu bilan birga qalblari va onglarini tozalashlari zarurdir. Unga suv naqshlar bilan bezatilgan bambuk quvur orqali keladi.

Landshaftda tabiiy shakllar, turli o’lchamlar va teksturalar asosiy rol o’ynaydi. Hovuzlar, soylar va sharsharalarning shovqini osoyishta muhit yaratadi. Bog' barcha jihatdan tabiatni unsurlarini takrorlaydi, shuning uchun ham unda simmetriya yo’q.

Hududda siz yangilangan “besedkalar” va skameykalarda o’tirishingiz mumkin. Darvoqe, skameykalar soni sezilarli darajada oshgan. Barcha ko’priklar yangilandi. Ma’muriyat o’zgarishlar haqida gapirar ekan, hojatxonalar sonining ko’paytirilganiga e’tibor qaratdi: endi ularning soni uchta — nikoh to’yi uchun suratga olish ishlarini olib borayotgan juftliklar uchun alohida qulayliklar yaratilgan.

Kunduzi bog' juda sersoya. Bir nechta joylarda: o’t ustida, ko’l yonidagi uyida yoki kafeda o’tirib dam olish mumkin. Kechqurun yo’llar yoritilganda, Toshkent teleminorasi ko’zga tashlanadi, Yapon bog’i o’zgacha bir manzaraga ega bo’ladi.

Ochiq osmon ostida filmlar namoyish etiladi. Sakura kinoteatrida kuniga ikki marta 20:00 va 22:00 da seanslar tashkil etiladi. Mehmonlar uchun shinam bin-beglar (yumshoq yostiqlar) va popkornlar tayyorlab qo’yilgan. Kino tomosha qilish narxi 60 000 so‘m turadi — ichiga bog‘da sayr qilish haqi ham kiritilgan. Biz filmlar namoyishi jadvalini doimiy tarzda ulashib kelamiz.

Yapon bog‘iga kirish kattalar uchun 30 000 so‘m, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 20 000 so’m, uch yoshgacha bo’lgan bolalar uchun esa — bepul. Nafaqaga chiqqan insonlar 10 000 so‘m evaziga tabiat qo‘ynidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega. Bog' ichida yurish vaqti 10:00 dan 22:00 gacha oralig’ida, cheklanmagan.

Ирина Перова
Muallif
Ирина Перова
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ