Toshkentda Coke Studio Fest bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 600
Toshkentda Coke Studio Fest bo‘lib o‘tadi

Festival 16-sentyabrda Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bayramda mahalliy va jahon yulduzlari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishadi.

16-sentyabr kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida yilning eng asosiy musiqiy voqevalaridan biri — Coke Studio Fest bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir milliy va dunyo miqyosidagi bayramga aylanishi kutilmoqda.

Coke Studio — turli janr va madaniyat qo‘shiqchilarini birlashtiruvchi platforma bo‘lib, birinchi marta u 2008-yilda Pokistonda ishga turishilgan va 2022-yilga kelib dunyo bo‘ylab g‘alabali yurishlarini boshlagan. Loyiha geografik joylashuvidan qatʼiy nazar, barchaga yangi musiqani kashf qilish imkonini beradi.

Coke Studio yosh qo‘shiqchilarga global darajaga chiqishga yordam beradi va ularning jahon yulduzlari bilan bir maydonga chiqib, turli madagiyatlardan ilhomlanishiga imkon yaratadi.

2023-yil yozda uzoq kutilgan Coke Studio loyihasi O‘zbekistonda ham keng miqyosda ishga tushdi. Mazkur voqea O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining 30 yillik yubileyi sanasiga to‘g‘ri keldi.

“Coca-Cola Uzbekistan 30 yil davomida yoshlar bilan bog‘liq va O‘zbekistonning madaniy qadriyatlarini zamonaviy faoliyatda targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Biz mazkur loyiha o‘zbekistonlik yosh qo‘shiqchilarga respublikadan tashqarida o‘z muxlislarini topishga yordam berishiga, Coke Studio konserti esa yoshlar uchun haqiqiy musiqa bayramiga aylanishiga umid qilamiz”, — dedi Coca-Cola kompaniyasi vakolatxonasi rahbari Serkan Dilek.

16 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Coke Studio Fest‘ning sahnasida Artik va Asti dueti, Andro, Ruxsora Em, Massa, Daler Ametist, Dalimjanov, Sabina Mustayeva, Dj Bella, Dj Indigo va boshqa mahalliy va jahon yulduzlari kuylaydi.

Coke Studio loyihasi doirasida o‘zbekistonlik yosh ijrochilar Coca-Cola yordamida o‘z qo‘shiqlariga videoklip suratga oldi. Natijalarni YouTube‘da Coca-Cola Uzbekistan kanalida tomosha qilish mumkin.

Yulduzlar treklarini Coke Studio albomida tinglash mumkin.

“Muxlislarim Coca-Cola bilan Yangi yildan keyin o‘z taassurotlarim bilan bo‘lishganimni eslashsa kerak. Bir yarim yil oldin men konsertlarda xorda kuylardim va yakkaxon chiqish haqida faqat orzu qilar edim. Humo Arena‘da Coca-Cola bilan haqiqiy mo‘jiza ro‘y bergan edi. Men muhlislarim uchun bir nechta qo‘shiq kuyladim. O‘shanda quvonchim cheksiz edi. Mening sevimli brendim Coke Studio loyihasida qatnashish taklifini berganida, men mo‘jiza hamon davom etayotganiga ishonch hosil qildim. Men sevimli brendim tomonidan tashkillashtirilayotgan bunday ulkan musiqiy loyihaning bir qismi ekanligimdan xursandman va muhlislarim bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Coke Studio falsafasi — turli mamlakatlar va madaniyatlar vakillarini musiqa orqali birlashtirish yosh qo‘shiqchilarga o‘zi haqida gapirishga imkon berish, jahon yulduzlari bilan bir sahnada ishlash uchun sharoit yaratishdir. Bu esa menga to‘xtamasdan oldinga intilish uchun ilhom beradi”, — deb taʼkidladi Ruxsora Em.

O‘zining 30 yillik yubileyida Coca-Cola Uzbekistan uchta tanga yig‘a olgan barchaga Coke Studio Fest konsertining 23 mingta tekin chiptalardan birini yutib olish imkonini beradi.

Buning uchun 10-sentyabrgacha:

  1. Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish.
  2. Istalgan savdo nuqtasidan 0,5 l hajmli plastik qadoqdagi Coca-Cola Classic va/yoki Coca-Cola Zero Sugar sotib olish.
  3. Chekdagi QR-kodni Telegram-bot orqali skaner qilish.
  4. Chekdagi har bir Coca-Cola uchun bittadan tanga yig‘ish.
  5. Uchta Coca-Cola tangasini yig‘ish va ularni Coke Studio Fest uchun tekin chiptaga almashtirish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, aksiya qatnashchisi birinchi tanga bilan birga Yandeks Plyus`ning yangi foydalanuvchilar uchun ajratilgan 8 000 000 ta promokodidan birini ham qo‘lga kiritadi.

Aksiya shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Chegarasiz musiqa jaranglovchi va unutilmas taassurotlar beruvchi mazkur o‘ziga xos voqelikning bir qismi bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermagan ma’qul.

Coke Studio Fest — bu Coca-Cola`dan mo‘jizaviy atmosferada sevimli musiqa, do‘stlar davrasi va ajoyib mashg‘ulotlardan zavq olish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ