Anons

Ko'cha raqslari bo'yicha musobaqa

E’lon qilingan sana· 65
Ko'cha raqslari bo'yicha musobaqa

“Ashxobod” bog‘ida ko‘cha raqslari bo‘yicha xalqaro musobaqalarning milliy final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar turli xil uslubdagi raqslar bilan yakkama-yakka formatda chiqish qilishadi — poppingdan tortib to krampgacha, vogdan xip-xopgacha. Ishtirokchilar jahonga mashhur xit musiqalarga raqsga tushishadi va har bir battlda g’olibni tegishli rangdagi (qizil / ko’k) karta yoki bilaguzuk ko’tarish orqali aniqlaydigan tomoshabinlar qalbi uchun kurashadilar.

2023-yilda musobaqalar 46 ta davlatda o’tkaziladi. Ularning har birida milliy g’olib aniqlanadi, u keyinchalik Jahon finalida o’z mamlakatini himoya qiladi.

Kirish bepul.

Maydondagi joylar soni cheklangan.




Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval