Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

E’lon qilingan sana· 93
Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni O‘zbekistonga Ural hududlaridan nisbatan salqin havo tarqala boshlaydi va harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi. Kunduzi hududning katta qismida havo harorati +33…+36 daraja atrofida bo‘ladi, hatto janubiy hududlarda ham +38…+40 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32 darajadan, janubda +35 darajadan oshmaydi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

12−13-avgust kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba’zida 20−22 m/s ga yetishi mumkin.

Poytaxtda 11−13-avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun harorat kunduzi +34…+36 daraja, shanba kuni +32…+34 daraja, yakshanba kuni +30…+32 daraja bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha esadi, kechalari 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ