Hafta davomida harorat me’yordan yuqori bo'lmaydi

E’lon qilingan sana· 50
Hafta davomida harorat me’yordan yuqori bo'lmaydi

O‘zgidromet matbuot xizmatining xabar berishicha, dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi.

Harorat kechalari +13…+16 daraja, kunduz kunlari +27…+32 daraja, janubda 35 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2−4 darajaga past hisoblanadi.

Hafta o‘rtasidan salqin havo respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, harorat ko‘tariladi va hafta oxiriga kelib, kechalari +17…+20 daraja, kunduzi +34…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda 14−18-avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Dushanba va seshanba kunlari harorat +29…+32 daraja bo‘ladi, so‘ng +34…+37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Hafta boshida harorat kechasi va ertalab +13…+16 daraja, hafta oxiriga kelib +17…+20 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ