Toshkentda bir necha ko‘chalar uch kunga yopib qo'yiladi
E’lon qilingan sana: · 174

31-avgustdan 3-sentabrgacha Toshkentning bir qator ko‘chalarida harakat cheklanadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi. Bunday qaror Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Yangi Nafas ommaviy xalqaro yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan qabul qilindi.
Yo‘llarni yopish jadvali:
- 31-avgust soat 10:00 dan 3 sentyabr 10:00 gacha: Afrosiyob ko‘chasi I.Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshag‘achch ko‘chasi bilan chorrahagacha;
- 3-sentyabr soat 05:00 dan 09:00 gacha: Afrosiyob ko‘chasi I.Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab Rim-katolik cherkovigacha.